G'oya bor, ishlash istagi bor. Lekin sarmoya qayerdan topiladi?
Yaxshi loyiha va sarmoya bir-birini topsin
Investage — O'zbekistondagi loyiha egalari va sarmoya kiritmoqchi bo'lganlarni bog'laydigan sayt.
Nega Investage?
Sarmoya kiritishga tayyor. Lekin ishonchli loyihani qayerdan topadi?
Investage shu ikki tomonni bir joyga olib keladi.
Nima qilamiz
Loyiha egalari uchun
Loyihangizni joylaysiz, uni sarmoya izlayotganlar ko'radi. Kerakli summa va raqamingizni kim ko'rishini o'zingiz hal qilasiz.
Loyihamni joylashSarmoya kirituvchilar uchun
Loyihalarni soha va bosqich bo'yicha ko'rasiz, yoqqaniga so'rov yuborasiz. Ruxsat berilsa, egasi bilan bevosita gaplashasiz.
Loyiha izlayapmanTamoyillarimiz
Ma'lumot ruxsat bilan ochiladi
Summa, ulush va aloqa ma'lumotlarini faqat loyiha egasi ruxsat bergan odam ko'radi. Ruxsatni istalgan payt qaytarib olish mumkin.
Pul sayt orqali o'tmaydi
Biz pul qabul qilmaymiz va vositachi bo'lmaymiz. Kelishuv va to'lovni tomonlar o'zaro hal qiladi.
«Tasdiqlangan» belgisi
Bu belgini faqat Investage jamoasi qo'yadi, loyiha uni o'zi qo'ya olmaydi. U kafolat emas: qaror qilishdan oldin o'zingiz ham tekshiring.
Hisobingiz himoyalangan
Ikki bosqichli kirishni yoqish mumkin, ma'lumotlar har kuni shifrlangan zaxira nusxaga olinadi.
Biz bilan bog'laning
Investage jamoasi (yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda)